Maxrni bermaslik

Assalomu alaykum! Turmushimizga 10 yildan oshayapti, ammo turmush o‘rtog‘im hali hanuz menga mahrimni bermaganlar. Nikoh o‘qilayotganda domla va guvohlar oldida tilla zirak olib beraman degan edilar, ammo doim bunga loqayd qaraydilar. Ahvolimiz nochor emas. farzandlarimiz bor. Ishlaydilar, maoshlari ham kam emas. Choyxona, gap, o‘tirishlardan qolmaydilar. Ammo zirak olib bering desam pulim yo‘q deb aytadilar. Turmush o‘rtog‘im bilib bilmay gunohkor bo‘lib qolmayaptilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta gunohkor bo‘ladi. Mahrni ado qilish vojib. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar