Ikki iyd kechasi

Assalomu alaykum! Ikki iyd kechasining fazilati. Olimlar «Zulhijjaning avvalgi o‘n kuni afzalmi yoki Ramazon oyining oxirgi o‘n kunimi?» degan savol borasida ixtilof qilishgan. Abdulhak Dehlaviy rahmatullohi alayh: «Muxtor qavlga ko‘ra zulhijjaning avvalgi o‘n kunining kunduzi, Ramazon oyining oxirgi o‘n kunining kechasi afzal hisoblanadi. Vallohu a’lam», degan. Ibn Moja rahmatullohi alayhdan ikki iyd kechasini bedor o‘tkazish fazilati haqida quyidagi hadis naql qilingan: Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimki ikki iyd kechasini savob talab qilgan holatda bedor o‘tkazsa, qalblar o‘ladigan kunda uning qalbi o‘lmaydi», dedilar». ikki iyd kechasidan murod kaysi kechalar? Arafadan xayitga o‘tar kechami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ramazon va qurbon hayiti kechalari. Ya’ni hayit kunidan oldingi kecha. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar