"Baxtiyor oila" kitobidan
Assalomu alaykum! Nikoh ikki tarafning ikki o‘g‘li yoki bir tarafning ikki o‘g‘li huzurida to‘g‘ri bo‘ladi. Misol uchun, ajrashib ketgan er-xotin o‘zlarining ikki o‘g‘li guvohligida yoki birlarining ikki o‘g‘li huzurida qayta yarashsalar ham to‘g‘ri bo‘laveradi. Ularning guvohligi o‘zining yaqini foydasiga qabul qilinmaydi. Misol uchun, erning ikki o‘g‘li guvohligida nikoh qilindi. Keyin er-xotin orasida nizo chiqib, qoziga murojaat qilindi. Ikki o‘g‘ilning guvohligi otaning foydasiga qabul qilinmaydi. Ammo erning xuddi o‘sha o‘g‘illarining guvohligi xotinning foydasiga qabul qilinadi. Chunki ular bilan xotinning orasida qarobat – yaqin qarindoshlik yo‘q. Nikoh ikki zimmiyning guvohligida to‘g‘ri bo‘ladi va ularning guvohligi musulmonning ziddiga o‘tmaydi. Zimmiy – Islom davlati soyasida yashayotgan g‘ayridin shaxsdir. Agar musulmon odam zimmiy ayolga uylanayotgan bo‘lsa, ikki zimmiy erkakning guvohligida qilingan nikoh to‘g‘ri bo‘ladi. Ammo keyinchalik mazkur er-xotinning orasida nizo chiqib, ishlari mahkamada ko‘rilayotganda zimmiylarning musulmonning ziddiga bergan guvohligi qabul qilinmaydi. Agar vakil qiluvchining o‘zi hozir bo‘lsa, vakil guvoh bo‘la oladi. Shuningdek, balog‘atga etgan, boshqa odam unga valiy qilingan qiz hozir bo‘lsa, uning valiysi guvoh bo‘la oladi. Ammo vakil qiluvchi va valiy qiluvchi hozir bo‘lmasa, vakil ham, valiy ham guvoh bo‘la olmaydi. Chunki bu holatda ularning har biri aqdi nikohning bir tarafi bo‘ladi. Nikohdan o‘tuvchining o‘zi aqd paytida hozir bo‘lsa, uning o‘zi aqdning bevosita egasi bo‘ladi. Bu holda vakilning ham, valiyning ham guvoh bo‘lishlariga imkon tug‘iladi. Yuqoridagi ikki holatni qayta-qayta o‘qidim,lekin tushuna olmadim. Shuni yorqinroq tushuntirib bersangiz. Ayniqsa birinchi holatni qayta-qayta o‘qidim, lekin tushuna olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohda ikki erkak yoki bir erkak va ikki ayol guvoh bo‘lishi shart. Gohida nikoh tuzilayotgan vaqtda kelin yoki kuyov o‘sha majlisda biror sababga ko‘ra hozir bo‘lmaydi va o‘rniga vakilni yuboradi. O‘sha vakil nikoh majlisida o‘zining vakil qiluvchisi (kelin yoki kuyov) nomidan iyjob-qabulni talaffuz qiladi. Shu paytda u guvoh hisoblanmaydi. Ammo majlisda uning vakil qiluvchisi (kelin yoki kuyov) ham qatnashayotgan bo‘lsa, ushbu vakil guvoh hisoblanadi. Valiy ham huddi shunday. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar