Bu Allohning sinovimi?

Assalomu alaykum! Savollarimga vaqt ajratip javob beryotganingiz uchun katta rahmat Alloh rozi bolsin, yana bir narsani soramoqchi edim bu yil ramazon oyida dukonnan narsalar harid qilgani bordik va oldik ular orasida vanilin ham bor edi ammo satuvchi uni hisoblashni unutibdi uyga kelip chekni o‘qip otirip korip hayron qoldim yani chekda vanilin yozilmagan ammo harid qilgan narsalarim orasida bor shundan unutganini bildim, ertasi kuni o‘sha dukonga borip vanilin olganimni lekin hisoblamay ketganliklarini aytip pulini tolap kettim ular juda hayron qolishdi (balki bunday voqeani avval korishmagandir) va osha kuni kech qurun pilastikimga 1.5 mln ga yaqin pul tushdi boshida e’tibor bermagandim ukam yo dadam tashlagandir dep ammo ulardan sorasam yoq deyishdi kiyin hayron qoldim yana soradim bilmayman deyishdi kiyin ichimga o‘t tushdi kimningdir puli menga tuship ketipdi endi nima qilaman deya, ertasiga bank ga bordim biroz otirdim aniqlay olishmadi yana boshqa bank ga bordim ular slikka murojat qiling ular bilishadi deyishdi ularga qongiroq qildim ular ham aniqlay olishmadi ohiri yiglap yubordim iltimos aniqlap bering bu birovning amonati endi nima qilaman uni qanday topaman dep ularham tushunip turipman ammo singlim iloji yoq deyishdi, ertasiga juma kuni edi tahorat olip to oqishga borgunimcha (yarim soatlik yol) Payg‘ambarimizga salovat aytip bordim va darvozadan kirayotip Robbim o‘zingga tavakkal qildim yuzimni yorug‘ qilgin dep duolar qildim, kechqurun oqishdan chiqshda sms keldi qarasam o‘sha pul qanday tushgan bolsa shundayligicha g‘oyib bolgan hatto tiyin-tiyinigacha. Men haligacha tushunolmayapman bu Allohning sinovimidi? Buni qanday tushunsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oxirgi nafasimizgacha sinov va imtihondamiz. Shu imtihonlardan shariatga muvofiq o‘tsak, Allohning roziligiga doxil bo‘lamiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar