Shayton belgisi

Assalomu alaykum! Men Angliya futbol klubi Manchester Yunayted o‘yin uslubiga muxlislik qilaman.  Ammo komandaning sport formasi markazida shayton rasmi aks ettirilgan va bu klubning laqabi «qizil iblislar». Menda xam shu klubga mansub sport kiyimi bor va men shu kiyimda futbol o‘ynab turaman. Savol: mening bu kiyimni kiyishim va shu komandaga muxlislik qilishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi o‘zi suygan kishisi bilan birga bo‘ladi” deganlar. Bu hazlakam gap emas, qiyomatda Alloh taolo sizni ular bilan birga qilib qo‘yishdan panoh so‘rang. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 54 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar