Komadagi inson
Assalomu alaykum! Koma holatiga tushib qolgan insonni sun’iy hayot bilan oziqlantirishni qachongacha davom ettirish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Vafotni aniqlash va insonning jismidan hayotni tutib turuvchi jihozlarni olish Islom Fiqhi Akademiyasi Makkai Mukarramada, Robitaning binosida, 1408 h.s. 24 – 28 safar (1987 yil, 17 – 21 oktyabr) kunlari bo‘lib o‘tgan o‘ninchi majlisida tibbiy alomatlar ila vafotni aniqlash va inson jismidan hayotni tutib turuvchi jihozlarni olish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Islom Fiqhi Akademiyasi bu masala bo‘yicha mutaxassislarning va muassasalarning bayonotlarini diqqat bilan o‘rganib chiqdi. Ulardagi fikrlar, ulamolarning aytgan gaplari va dalillarini diqqat bilan o‘rgandi. Munoqasha va fikr almashuvlardan keyin Islom Fiqhi Akademiyasi bir ovozdan quyidagi qarorlarni qabul qildi: Jismiga hayotni tutib turuvchi jihoz o‘rnatilgan bemordan uning dimog‘i butunlay ishdan to‘xtaganidan so‘ng va uchta mutaxassis tabib uning qayta ishga tushmasligini qat’iyat bilan ta’kidlasalar, undan jihozlarni olsa bo‘ladi. Agar yurak urishi va nafas olishi jihozning yordamida duvom etib turgan bo‘lsa, shariat bo‘yicha o‘lgan hisoblanmaydi. Faqat yurak va nafas ham batamom to‘xtasagina o‘lgan hisoblanadi. Vallohu a’lam! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
27 Aprel 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 159 | Tabobat