Go‘shtga chaqilgan pul
Assalomu alaykum! Bizni tumanimizda to‘ylarda o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘zaro pul yig‘iladi. Narx-navo oshishi hisobiga u go‘shtga chaqib qo‘yiladi. Men sizlarning 4046-savolga bergan javobingizni o‘qib bu ish noto‘g‘riligini bildim. Men uylanganman menga ham oshgan narxda berishgan, men Alloh nasib qilsa oshiqcha olgan pullarimni hammasini qaytarib beraman. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lgan narsam shuki: 1. Men ham ba’zi odamlarga ham oshgan narxda berganman. Shuni so‘rab olaymi yoki indamay rozi bo‘lib qo‘ysam bo‘laveradimi? 2. Ba’zi do‘stlarim hali uylanishmadi, uylanishsa ularga qancha olgan bo‘lsam shuni beraman desam, ayrimlarining ko‘ngli og‘rib qoladi. Shuncha pul bergansan mana bergan puling, oshiqchasini esa mana bu esa to‘yonam deb bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Rozi bo‘lib qo‘yavering. 2). So‘mda olgan bo‘lsangiz dollarda bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Rozi bo‘lib qo‘yavering. 2). So‘mda olgan bo‘lsangiz dollarda bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom