Yuzni tortirish

Assalomu alaykum! Yuzdagi bazi bir kamchiliklar yani erta qarish nuqsonlari yosh bo‘lishga qaramay paydo bo‘lsa, uni hozirgi kundagi turli muolaja yani ignali muolajalardan yosh ko‘rinishga keltirish maqsadida foydalansa bo‘ladimi? Bunga shariatimiz nima deydi, bu halolmi yoki harom? Bunda Alloh bergan qiyofani o‘zgartirishga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarkibida harom narsalar bo‘lmasa, monelik yo‘q. Bu jarrohlik yo‘li bilan biron a’zoni olib yuborish darajasida bo‘lsa, mutlaqo joiz emas. 
Mezoterapiya - terining derma qavatida vitaminlar, kollagen, elastin moddalari va umuman teri oziqlanishi uchun zarur moddalarning zaxirasini xosil qilish uchun in’ektsiya(ukol) yordamida muolaja qilishdir. Bu usulga frantsuz olimi Lui Paster asos solgan. Bu tur in’ektsiyalar asosan emlash uchun qo‘llaniladi. Aslida to‘g‘ri parvarish qilingan yuz terisida bunga muxtojlik bo‘lmaydi. Terining satrda, tahoratda davomli bo‘lishidek uni doimiy quyosh ultrabinafsha nurlari va namlik yo‘qotish(suvsizlanish) muammolaridan saqlaydi. Amerika olimlari e’tirof etishlaricha: Evropa ayollarida terining barvaqt qarishi va rak bilan kasallanishi shark(musulmon davlatlar) ayollari terisi xolati bilan solishtirilganda ajoyib natija yaqqol ko‘zga tashlangan. Muslima ayollar ichida terining ayni  holati sohibalarining biologik yoshlaridan ancha yosh. Hozirda nixoyatda ingichka diametri 34G keladigan ignalar bilan shprits yordamida mezoterapiya qilish mumkin. Asosiy ishlab chiqaruvchi -Yaponiya. Xulosa qilib aytganda mezoterapiyadan foydalanish mumkin. Ammo shartlari bor: Preparat tarkibida vitaminlar, mikro-makroelementlar tutsa bexavotir. Ammo gialuron kislota, elastin, kollagen va bir qancha boshqa moddalar hayvondan olinishi bor. Aslida fizioterapiya, massaj, davolovchi, oqartiruvchi, yoshartiruvchi turli niqoblarni to‘g‘ri tanlab davomiy bajarish zo‘r natija beradi. Dangasa ayollar buni qilgisi kelmay ta’siri 6-8 oygacha etishi uchun og‘riqli va qimmat bo‘lsada ukollarga murojaat qilishyapti. Afsus... Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar