UzIMEI da telefonni ro‘yxatga olish

Assalomu alaykum! 2 yildan beri chet davlatdan telefon olib kelsa ro‘yxatdan o‘tkazib ishlatish kerak. Ba’zilar 2-3ta telefon olib kelishadi. Lekin bitta pasportga faqat bitta telefon ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Men bir tanishimga ro‘yxatdan o‘tmagan telefonini dadamni pasportlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazib berdim. Shu ishimiz halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir pasport egasini bitta telefon o‘tkazishga haqqi bor. O‘zini haqqini boshqa berishi ixtiyoriy, ammo pasport egasiga bildirmasdan haqqiga tajovuz qilish joiz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar