Birovning buyurtmasi

Assalomu alaykum! Meni bir narsa qiynayapti. Men xitoydagi onlayn magazindan bir soat buyurtma bergandim, lekin menga boshqa soat olib kelindi. Sotgan sotuvchi bilan gaplashsam, u menga soatni to‘g‘ri aytganimdek jo‘natganini va men qadoqning ustki qog‘ozini shilishim va uning ostida boshqasini ism sharifi bo‘lishi mumkunligini aytdi. Rostdan ham shunaqa ekan bu soat rossiyalik bir odamning buyurtmasi ekan va sotuvchi shu onlayn magazin pochta xizmatini xatosi ekanini aytdi. Menga kelgan soat modelini qidirsam men buyurtma berga soatdan arzonroq soat ekan, rossiyalik odam meni soatimni olganmi yo‘qmi bilmayman. Shundan keyin maganzin qoidalarini o‘qisam qachonki men buyurtmani oldim hohlaganimdek ekan desamgina magazin sotuvchiga pulni echib berar ekan, men buyurtma qilganimni o‘rniga arzon soat keldi, magazin pochta xizmati xatosi orqali deb aytdim, ular menga pulimni qaytarib berishdi, bu ularning xatosi ekanligi uchun sotuvchiga pul berildimi yo‘qmi bilmayman(lekin sotuvchi men buyurtma qilgan soatni pochta orqali jo‘natgan). Hozir menda rossiyalik odamning buyurtmasi turipti, pulimni ham qaytarib oldim. Nima qilishga ham hayronman iltimos maslahat bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Sizga jo‘natgan mol egasiga qaytarib jo‘natib yuboring. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar