Bu joizmi?
Assalomu alaykum! Bir tanishim ko‘p yillardan beri befarzand. Tekshirtirsa doktorlar sizdan bola bo‘lmaydi deyishibdi. Xotini bola boqib olishga rozi emas, javobimni bering vaqt o‘tmay men xam ona bo‘lay debdi. Tanishim ayolini qattiq sevadi, shuning uchun xotinini sun’iy urchitishga xam rozi. Men begona erkakdan urchitilgan bola xaromi bo‘lishini aytib boshqa yo‘l ko‘rsatmoqiman, oldin sizlardan so‘ragan xolda. Tanishim ayoliga bir taloq berib, iddasi chiqqanidan keyin tanishimni ukasiga nikoxlanadi. Ukasining urug‘i sun’iy ravishda ayolga yuborilib u xomilador bo‘ladi. Keyin ukasi ayolni taloq qiladi va ayol tuqqanidan keyin o‘z eriga qayta nikoxlanadi. Bu tadbirim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz emas. Nikoh siz o‘ylaganchalik darajada emas. Er o‘z foydasinigina o‘ylab qolmasdan ayoliga imkoniyat bersin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush