Sudxo‘r qo‘shni
Assalomu alaykum! Meni bir qo‘shnim bor, tirikchiligi asosan sudxo‘rlikdan. Ko‘p marta bu ish gunoh ekanligini aytganmiz, lekin hali beri to‘xtatgan emas. Alloh o‘zi hidoyat bersin! Savolim: 1. O‘sha qo‘shnimdan foizsiz o‘z ehtiyojlarimiz uchun qarz olishimiz joizmi? 2. Qo‘shni tovoq degan narsa bor. O‘sha qo‘shnimiz ham ba’zi-ba’zida uyidan biznikiga taom chiqarib turadi, o‘sha taomni iste’mol qilishimiz joizmi? 3. Men ko‘pincha plastik kartochkamdan o‘sha qo‘shnimizning kommunal to‘lovlariga yoki telefonlariga pul o‘tkazib turaman. U menga naqd beradi. Bu ishim joizmi? Yuqoridagi uch holatda ham u topayotgan pulning asosiy qismi katta ehtimol bilan ribodan ekanligini hisobga olib savol yo‘llayapman. Umuman bu qo‘shnimiz bilan qo‘ni-qo‘shnichilik aloqalarida e’tiborli bo‘lishimiz kerak bo‘lgan jihadlari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Saqlanganingiz yaxshi. U kabilar pul bersa foyda umid qilaverib, foydasi bilan bermaganingiz uchun sizga rozilik bilan pul bermaydi. 2). Topishining hammasi sudxo‘rlikdan bo‘lsa eyishingiz halol emas.3). Pulingizni naqdlashni boshqa yo‘llarini qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom