Luqmadagi ikkilanish
Assalomu alaykum! Meni ota-onamni topayotgan pullarini xammasini xam xalol pok deyaolmayman. Uyda ovqat qilganda xozirgi kunlarda emayabman o‘zimda oyligim bilan ko‘chadan ovqat eb yuribman. Oyligim uncha ko‘p emas. Ayaam uyda ovqat emasam rosa xafa bo‘layabdi janjal darajasiga xam etib borayabdi. Opam buni biladi nimaga emayotganimni ammo ayam bilmaydi bu diniy temadagi gap uni qil buni qilma degan gap ketsa mulla u bu narsa deb qo‘yadi. Ichimdagi taqvo, vara to‘risidagi xazratning maruzalar aylanib yuradi xar luqmada. Endi uydagilarga nima deyishni bilmayman tushungisi kelmaydi. Men o‘z pulimdan tugagancha boqaman o‘zimni ammo pulim qolmay qolgan paytlarda nima qilaman degan savollar umuman aytib o‘tilgan vaziyatdan kelib chiqqan xolda maslaxat beringizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangizni topayotgan pullarining ko‘p qismi halol bo‘lsa, o‘z mablag‘ingiz bo‘lmaganda undan eyishingizning zarazi yo‘q. Siz dinga amal qilishda go‘zal o‘rnak bo‘lib, ota-onangizga chiroyli muomala qiling. Shoyad shu sababdan Alloh ularni ham isloh qilsa. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom