Internetda tarqalayotgan xabar
Assalomu alaykum! Ustozlar internetda bir matn tarqatilmoqda. Shu matnga ishonsak va amal qilsak bo‘ladimi? Matn quyidagicha: "Sizga bir zo‘r amal o‘rgataymi? Unda diqqat qiling! Xar safar duo qilayotganingizda albatta mana shunday chin dildan duo qilishni xam unutmang: "Ey robbim, mana shu dunyodagi barcha musulmonlarning xar birining gunoxlarini o‘zing mag‘firat qilgin, ularning xar birlariga mana shu borliqda qancha yaratganlaring mavjud bo‘lsa, ana shular miqdoricha ajru-savob ato etgin Insha’Allox" Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, butun dunyoda 2 milliardga yaqin musulmon mavjud birinchidan ana shularni gunoxlarini mag‘firat qilinishini so‘rayabsiz, ikkinchidan, qarang butun bir borliqda Allox qanchadan qancha narsalarni yaratgan? Exxe, adog‘i yo‘q, insonning aqli ojiz bilgani. Siz esa xar bir musulmon birodaringiz xaqqiga ana shular miqdoricha ajru-savob so‘rayabsiz. Ummu Dardo roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Musulmon kishining birodari haqqiga qilgan g‘oyibona duosi ijobat qilinuvchidir, uning boshi ustida bir farishta turadi, qachon birodariga yaxshilik tilab duo qilsa, farishta: «Omiyn, senga hamg o‘shancha bo‘lsin», deydi" (Imom Muslim rivoyati). Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: "Alloh yo‘lidagi birodarning duosi ijobat qilinadi", deganlar. Kishi o‘z do‘sti haqiga uning tirikligida ham, mamotidan keyin ham duo qilib turish mas’uliyatidadir. O‘ziga nimani so‘rab duo qilsa, do‘stiga ham shuni so‘rab duo qiladi. Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo‘lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e’tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko‘pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo‘lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so‘ngra etkazgan odamni Alloh ne’matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati). Rasulullox sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bir yaxshilikka birovni yo‘llab qo‘ysa unga o‘sha ishni qilganchalik ajri bor" (Imom Muslim) Shuning uchun albatta o‘rgatgan duoimizni albatta amalda qo‘llang, yaqinlaringizga xam ulashing va savobidan baxramand bo‘ling! Ginalarni yo‘qoting, barchani birdek Allox rizosi uchun kechirib yuboring va doim albatta mana shu duoni amalda qo‘llang. Insha’Allox, xam ko‘pchilik, xam o‘zingiz ulkan savob egasi bo‘lasiz Allohumma solli va sallim ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammad Allox uchun sizga yetkazdim, siz xam o‘z yaqinlaringizga ulashing"
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duo borasida Qur’oni Karim va hadisi sharifda kelgan duodan afzali bo‘lishi mumkin emas. Chunki bu duolar Alloh subhanahu va taoloning kalomi eng yaxshi kalom va sarvari olam Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam havodan gapirmaydigan zotning so‘zlaridir. Shuday ekan, oyat va hadisda kelgan duolarni targ‘ib qilib yoyish kerak. Siz aytgan gap bilan inson o‘zining gapini Alloh va Rasuli sollalohu alayhi vasallamning gaplaridan afzal sanagandek bo‘lib qoladi, Alloh asrasin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 186 | Duolar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duo borasida Qur’oni Karim va hadisi sharifda kelgan duodan afzali bo‘lishi mumkin emas. Chunki bu duolar Alloh subhanahu va taoloning kalomi eng yaxshi kalom va sarvari olam Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam havodan gapirmaydigan zotning so‘zlaridir. Shuday ekan, oyat va hadisda kelgan duolarni targ‘ib qilib yoyish kerak. Siz aytgan gap bilan inson o‘zining gapini Alloh va Rasuli sollalohu alayhi vasallamning gaplaridan afzal sanagandek bo‘lib qoladi, Alloh asrasin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 186 | Duolar