Qaynonam farzandini o‘g‘riga chiqarsa
Assalomu alaykum! Biza uyda uchta kelin turamiz. Oyliklarimiz qaynotamga beriladi, xammaniki, kelinlarnikiyu qaynonamikiyam. Qaynotam o‘zi ishlamidi. Yuz foiz oylikla plastikda. Yaqinda uyga ketganimda qaynonam pul etkazomiyamiz deb janjal qiptila keyin o‘g‘illariga sanla oyligindan opqolasanla xammasini bermasdan o‘shanga farzandlarini boshi kasaldan chiqmiyapti debdila. Ovsinim etdi bu gaplani. Erlarimiz oyligidan ozgina opqolib bollariga narsa oberishadi kiyimlamas shundayam sokmi shokoladmi. Farzandlarimiz ko‘p kasal bo‘voti lekin pandemiya payti bo‘gani uchunmi xich qachon duo qilishmidi qaynona qaynotam. Erlarimizi ishi o‘g‘irlikmi? Xotinligiga sarflashmidiyu u pullani. Farzandiga opkeladi narsa. Erkek kishi uylangandan keyin alohida oilaga aylanmidimi? Ayolini oldida xich qanaqa majburiyati yo‘mi? Savolim bo‘tta farzandlarimiz kasal bo‘gani rostdan erlarimiz olib qovotgan pulligi uchunmi? Xaqligi yo‘mi oyliligidan olib qolishga? Ayol kishilaniyam kelinniyam oyligini olishvotgani uchunmasmikin baraka yo‘qligi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelinlarni topgan pullari o‘zlarini shaxsiy mulki hisoblanadi. Uni qaynota va qaynonalari olib qo‘yishga haqqi yo‘q. Farzandlar ham o‘zlarini ehtiyoji uchun olib qolishi o‘g‘irlik emas. Farzandlarining va ayolining nafaqasi erning zimmasida vojib. Eringiz siz va farzandlariga nafaqa qilib o‘zini pulidan ishlatsa hech qanaqasiga o‘g‘irlik bo‘lmaydi, u sabab birov kasal ham bo‘lmaydi. O‘g‘illar maslahat qilib otaning harajatlarini taminlab, xizmatlarini qilib roziligini olishga harakat qilishsin va har oila o‘z moliyaviy taminoti va harajatlarini o‘zi boshqarsa shunday dilxiralik bo‘lmaydi. Faqat buni oila kattasi qanotaga chiroyli uslubda tushintirish lozim. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya