Gunohkor inson

Assalomu alaykum! Hurmatli "Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati. Faraz qilaylik Islom diniga mansub bir shaxs (Musulmon yoki muslima) o‘g‘rilik qiladi, aldaydi va boshqa shunga o‘xshash yomon ishlar qiladi. Bu yomon ishlar orqasidan katta gunohga botganligi ma’lum. Yana faraz qilaylik u bir insonni qizini "Zino" ham qildi va bu ishdan so‘ng aka yoki ota qasos oldi deb faraz qilaylik. Oldindan ma’lumki musulmon boshqa bir musulmonni o‘ldirish man etilgan. Agar o‘ldirgan taqdirda ham uning gunohlariga sherik bo‘ladi va o‘z gunohlarini qabul qiladi.(Bu ma’lumotim noto‘g‘ri bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman). Savolim shuki, agar ma’lumotim to‘g‘ri bo‘lsa o‘ldirgan inson butun umri davomida gunohga botgan insonning gunohini qabul qilsa, o‘lgan va butun umri davomida gunohga botgan inson endi "Jannatiy" bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “An’om” surasi 164-oyatida :قُلْ أَغَيْرَ اللّهِ أَبْغِي رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَيْءٍ وَلاَ تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلاَّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى ثُمَّ إِلَى رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ۝Aytgin: «Allohdan o‘zgani Robb qilib olaymi? Holbuki, U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, ziyoni faqat o‘zigadir. Hech bir yukli jon boshqaning yukini ko‘tarmas. So‘ngra qaytishingiz Robbingizgadir. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur. (“Tafsiri Hilol”).عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ نَبِيَّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كَانَ فِيمَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ رَجُلٌ قَتَلَ تِسْعَةً وَتِسْعِينَ نَفْسًا فَسَأَلَ عَنْ أَعْلَمِ أَهْلِ الْأَرْضِ فَدُلَّ عَلَى رَاهِبٍ فَأَتَاهُ فَقَالَ: إِنَّهُ قَتَلَ تِسْعَةً وَتِسْعِينَ نَفْسًا فَهَلْ لَهُ مِنْ تَوْبَةٍ؟ فَقَالَ: لَا، فَقَتَلَهُ فَكَمَّلَ بِهِ مِائَةً، ثُمَّ سَأَلَ عَنْ أَعْلَمِ أَهْلِ الْأَرْضِ فَدُلَّ عَلَى رَجُلٍ عَالِمٍ فَأَتَاهُ فَقَالَ: إِنَّهُ قَتَلَ مِائَةَ نَفْسٍ فَهَلْ لَهُ مِنْ تَوْبَةٍ؟ فَقَالَ: نَعَمْ، وَمَنْ يَحُولُ بَيْنَهُ وَبَيْنَ التَّوْبَةِ، انْطَلِقْ إِلَى أَرْضِ كَذَا وَكَذَا فَإِنَّ بِهَا أُنَاسًا يَعْبُدُونَ اللهَ فَاعْبُدِ اللهَ مَعَهُمْ، وَلَا تَرْجِعْ إِلَى أَرْضِكَ فَإِنَّهَا أَرْضُ سَوْءٍ، فَانْطَلَقَ حَتَّى إِذَا نَصَفَ الطَّرِيقَ أَتَاهُ الْمَوْتُ، فَاخْتَصَمَتْ فِيهِ مَلَائِكَةُ الرَّحْمَةِ وَمَلَائِكَةُ الْعَذَابِ، فَقَالَتْ مَلَائِكَةُ الرَّحْمَةِ: جَاءَ تَائِبًا مُقْبِلًا بِقَلْبِهِ إِلَى اللهِ تَعَالَى، وَقَالَتْ مَلَائِكَةُ الْعَذَابِ: إِنَّهُ لَمْ يَعْمَلْ خَيْرًا قَطُّ، فَأَتَاهُمْ مَلَكٌ فِي صُورَةِ آدَمِيٍّ فَجَعَلُوهُ بَيْنَهُمْ، فَقَالَ: قِيسُوا مَا بَيْنَ الْأَرْضَيْنِ فَإِلَى أَيَّهِمَا كَانَ أَدْنَى فَهُوَ لَهُ، فَقَاسُوهُ فَوَجَدُوهُ أَدْنَى إِلَى الْأَرْضِ الَّتِي أَرَادَ فَقَبَضَتْهُ مَلَائِكَةُ الرَّحْمَةِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ الشَّيْخَانِ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam:
«Sizdan avval o‘tganlarning ichida to‘qson to‘qqizta odamni o‘ldirgan bir kishi bor edi. U er yuzidagi eng olim kishi haqida so‘radi. U bir rohibga yo‘llandi. Bas, u uning oldiga borib, o‘zining to‘qson to‘qqiz jonni o‘ldirganini aytib, tavba qilsa bo‘ladimi yoki yo‘qligini so‘radi. U bo‘lmasligini aytdi. Shunda u uni ham o‘ldirib, yuztaga etkazdi. Keyin er yuzidagi eng olim kishi haqida so‘radi. U bir olim kishiga yo‘llandi. Bas, u uning oldiga borib, o‘zining yuzta jonni o‘ldirganini aytib, tavba qilsa bo‘ladimi yoki yo‘qligini so‘radi. U bo‘lishini va u bilan tavbaning orasini hech kim to‘smasligini aytdi. So‘ngra «Falon falon joyga bor. U erda Allohga ibodat qilayotgan odamlar bor. Ular bilan birga Allohga ibodat qil. O‘z eringga qaytma. Chunki u yomon erdir», dedi.
U jo‘nab ketdi. Yarim yo‘lga etganida unga o‘lim etdi. Rahmat farishtalari bilan azob farishtalari uni talashib qoldilar. Rahmat farishtalari:
«U tavba qilib, qalbi ila Alloh taolo tomon keldi», dedilar. Azob farishtalari esa:
«U hech qachon yaxshilik qilgan emas», dedilar.
Ularning oldiga bir farishta odam suratida keldi. Ular bu farishtani hakam qildilar. Bas, u:
«Ikki er orasini o‘lchab ko‘ringlar. Qay biriga yaqin bo‘lsa, u o‘shaniki bo‘ladi», dedi.
O‘lchashganda u o‘zi iroda qilgan erga yaqin chiqdi. Uni rahmat farishtalari oldilar». (“Hadis va Hayot”). Vallohu a’lam.

12 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar