Paynetdan pulni naqd qilish

Assalomu alaykum! Men paynet agenti sifatida ish yuritaman. Har bir tushirgan pulimiz uchun firma bizga bonus beradi, buni halolligini savollar bo‘limidan izlab bildim. Hozir paynet firmasi yangi hizmatni yo‘lga qo‘ydi, huddi bankomatdagidek biz mijoz pulini naqd qilib beramiz, firma mijozdan hizmati uchun foiz oladi(1 foiz+1000 so‘m). Shu olingan hizmat haqidan firma bizga bonus ajratib beradi: 0,7%. Shuni olishlik bizga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bank u pulni naqdlashtirish uchun xizmat ko‘rsatadi va o‘sha xizmati uchun haq oladi. Sizda qanday xizmatlar bo‘ladi? Agar bir joydagi so‘mni ayni so‘mga qimmatga sotish bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar