Sajdai sahf

Assalomu alaykum! Ustozlar, bugun sajdai sahf mavzusini to‘liq o‘rganib chiqib bir savolimga javob olish ilinjida sizlarga murojaat qilyabman. Oldingi bazi namozlarimda sajdai sahf qilish kerak bo‘lgan paytlarda ilmim ojizlik qilib sajdai sahf qilmagan ekanman. Endi o‘sha namozlarimni qazosini qayta o‘qishim kerak bo‘ladimi? Sajdai sahfning sabablaridan biri qiroatdan so‘ng rukuga ketishdan oldin bir tasbeh muddatida turib qolsa, sajdai sahf qilish kerak. Agar esnoq paytda so‘zlarni buzib aytishni oldini olish maqsadida esnoq o‘tib ketguncha jim tursa sajdai sahf qilinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Yo‘q, qayta o‘qilmaydi. 2). Bir tasbeh emas. To‘liq uch tasbeh. Sahv sajdasini qilmaysiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar