KOVID19 shifokori maxsus kiyimdagi namozi

Assalomu alaykum! Men koronavirus kasalligi buyicha davolash bilan shug‘ullanuvchi shifoxona shifokoriman. Savolim shundan iboratki, navbatchilik vaqtida(xar 8 soatda shifokorlar alishadi) faqat taqdim qilingan maxsus kiyimda yurishimiz kerak. U kiyimni echish mumkin emas. Shu vaqt davomida namozni qanday ado etsak buladi? 1. Bu kiyimni taxorat olib kiysa, 8 soat davomida bu kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladimi? 2. Taxoratni 8 soat davomida ushlay olmagan vaqtda, tayaammum qilib o‘qiladimi yoki kiyim echilib taxorat olish kerakmi(suvga, yuvinish xonasiga sharoit bor, lekin kiyimni echishga ruxsat yo‘q, kasallik yuqish va tarqalishini oldini olish uchun)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahorati ketmasa va o‘sha maxsus kiyimi pok bo‘lsa, o‘sha kiyimda o‘qiydi. 2). Tahorati ketsa, kiyimni echib yangi tahorat olishi kerak. Chunki tayammum uchun ham kiyimni echish kerak bo‘ladi. Agar kiyimni echilishi kasal yuqishiga sabab bo‘lishining ehtimoli 70% va undan baland bo‘lsa, kiyimni echmay tahoratsiz namoz o‘qiladi. Buning hukmi fuqaholarda “ikki poklovchini yo‘qotganning hukmi” nomi bilan ma’lum holatdir. Ba’zi ahli ilmlar bu holatda keyin namozni tahoratsiz o‘qib, keyin yana qayta o‘qib qo‘yadi deydilar. Aslidan qayta o‘qish shart emas. Bu holatda eng muhimi shuki, o‘sha kiyimni echishda haqiqatdan kasal yuqishi xavfi yuqori bo‘lishi kerak. Shunchaki ehtiyot yoki kasal yuqishidan qo‘rqish bo‘lishi kifoya qilmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:23 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar