Psixologiyada ota-onani kechirish praktikalari

Assalomu alaykum! Psixologiyada ong ostidagi bloklarni tozalash uchun bajariladigan otani kechirish onani kechirish praktikalari masalan “Men Dilfuza o‘z otamni kechirdim” deb ichida 490 marta takrorlash va shu kabi meditatsiyalar haqida islom dinida nima deyilgan? Bu xarom yoki gunox emasmi? Axir ota-onadan xafa bo‘lishga xaqqimiz yo‘q deyilganku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson dindan uzoqlashgani sari o‘ziga o‘zi me’yor belgilab olar ekan va o‘sha me’yori bo‘yicha hukm chiqarib hayot kechirishni boshlarkan. O‘zining me’yoriga tushgan narsa garchi shariatda joiz bo‘lsa ham uning nazdida nojoiz, ba’zi narsalar esa shariatda nojoiz bo‘lsa ham uning me’yori bo‘yicha joiz bo‘lib qolar ekan. O‘shalar bu me’yorni tanlashda ko‘pincha o‘z aqllarini, yashab turgan muhitining urf-odatini, hatto g‘arbning madaniyatini ham o‘lchov asosi qilib olishmoqda. Buning natijasida ota-ona farzandining oldida, ustozlar esa shogirdlari yonida jinoyatchiga aylanishmoqda. Alloh va rasuli Qur’on va hadisda belgilagan me’yorlar ularning nazdida ikki pullik qadrsiz narsa hisoblanmoqda. Shunday bo‘lsada siz atayotgan tajribalar insonlarning o‘rtasidagi islohga yordam bersa, bir-biriga nisbatan bo‘lgan nafratlarni yo‘qotishga yordam bersa bundan foydalanish joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar