Qur’on oyatlarini nazmiy tarzda tarjima qilish

Ustoz sizga yana bir masalada savol bermoqchi edim. Qur’oni Karim oyatlarini nazmiy (she’riy) tarzda tarjima qilishning hukmi qanday? Savolim takroriy bo‘lsa uzr. Men yaqinda bir kishiga “veb-sayt” tayyorlab bergan edim. U odam Qur’onni tarjima qilish bilan ya’ni nazmiy tarjima qilish bilan shug‘ullanar ekan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ulamolar bunday tarjimaga ruxsat bermaganlar. She’rga ahamiyat berib, Qur’oni Karim ma’nolariga futur etadi, deyishgan.

26 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 129 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar