Taqinchoqlarini sotib oilasiga berishi

Assalomu alaykum! Uyimizda hamma ishlaydi va pulimiz o‘rtada. Ayolim ayrim tilla taqinchoklarini boshqa ishlatmasligi sababidan sotmoqchi va pulini oilamizga bermoqchi. Sotishga ehtiyoj yoki majburlov yo‘q. Bu taqinchoqlarni men olib bermaganman. Menga turmushga chiqishidan avval o‘zida bo‘lgan, ya’ni ota-onasi olib bergan. Ushbu pullarni olishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi yoki qanday yo‘l tutilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U narsalar kelinning shaxsiy mulki bo‘lib, tasarruf qilishining ixtiyori ham o‘zida bo‘ladi. Kimdir uni sotishga majbur qilmayotgan bo‘lsa o‘z xohishi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar