Meros taqsimotiga oid
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Savolim meros taqsimotiga oid. 2016 yilda Otam (Alloh rahmatiga olsin) vafot etganlaridan keyin, Buvam (marhum otamning otalari), Onam (marhum otamning axliyalari), Singlim (marhumning qizi) va Men (marhumning o‘g‘li) merosxo‘r bo‘lib qoldik. Otamdan pul mablag‘lari, avtoulov va marhum otam, onam hamda men oilam bilan birga yashab turgan uy-joy xovli meros bo‘lib qoldi. Pul mablag‘lari va avtoulovni merosxo‘lar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi: Buvam (marhumning otasi) - 6/1 ulush yoki 16.67% Onam (marhumning xotini) - 8/1 ulush yoki 12.50% O‘g‘il – 36/17 ulush yoki 47.22% Qiz – 72/17 ulush yoki 23.61% Ushbu taqsimotni O‘zbekiston musulmonlar idorasi fatvo bo‘limi mudiri maxsus dastur yordamida aniqlab bergan edilar. 2017 yilda Buvam (Otamning otalari) ham vafot etdilar. Buvamdan keyin 3 ta o‘g‘il (amakilarim), buvamning 2 chi turmushidagi xotinlari va shu ayolning bir o‘g‘il va bir qizi qoldi. Savolim: Otamdan meros qolgan uy-joy xovlini bugungi kunda qanday taqsim qilinadi, yoki merosxo‘rlardan birlari (misol uchun men) qolgan merosxo‘rlarga ulushlarini (haqlarini) qay tartibda ado etadi (etaman). Bunda, Buvamning ulushlari hisobga olinadimi? Olinsa, unda Buvamning ulushlarini kimga beriladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Otangizdan tekkan bobongizning hissasi bir xotin 4 o‘g‘il va bir qizga bo‘lib beriladi. Xotinga sakkizdan bir qolgani to‘qqizta qizga bo‘linadi. Shunda har bir o‘g‘illarga ikki hissadan bir qizga bir hissa tegadi. Bunda to‘rt o‘g‘ilni ikkitadan qiz qilib olingan bo‘ladi. Nabiralarga hech narsa tegmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar