Ota uyiga borish
Assalomu alaykum! Oilali muslima ayolman. 3 nafar farzandimiz bor. Turmushimizga salkam 8 yil bo‘ldi. Poytaxtda yashaymiz ota onam vodiyda yashaydilar. Shuning uchun ota uyimga 3-4 oyda bir boraman. Bazan 6 oy bo‘lib ketadi. Ota-onam meni nabiralarini sog‘inib ketishgani uchun uzoqib ketsam 3-4 oyda bir kelishadi. Lekin bu xol turmush o‘rtog‘imga ekmaydi. Oxirgi 1 yil ichida onam biznikiligida nimadur baxona qilib meni uradigan(qo‘l ko‘taradigan odatlari bor) xaqoratli so‘zlarini atay onamga eshittiradigan bo‘lib qoldilar. Oxirgi safar onamni dili qattiq og‘rib endi uyilarga kelmayman deb ketti. Turmush o‘rtog‘imni roziligini olish uchun imkon qadar xizmat qilaman. Ota onam qarib boryapti ular xam g‘animat. 1 ta qizman aka ukam bor. Shu ishlardan so‘ng yaxshilik niyatida turmush o‘rtog‘imdan 1 oyda 1 marta ota uyimga borib onamni ko‘nglini olib xizmatini qilib ertasi kuni(6 soatlik yo‘l) qaytib kelishimni so‘radim. Borib kelishimda boshqa xech narsa davo qilmasligimni aytdim. Iyunda borasan(yana 5 oydan keyin) deb ruxsat bermadilar. Erim ko‘p xollarda bu uyda faqat meni aytganim bo‘ladi deydi. Shariy xaqqim borligi uchun Allohimga tavakkul qilib kichkina o‘g‘limni olib ota uyimga borib keldim. Ularni sog‘ingandim. Kelganimga 12 kun bo‘ldi erim tayerlagan ovqatimni emayaptilar. Ochiq gaplashmayaptilar. Meni o‘ylantirayotgan narsa namozlarim Qur’on tilovatlarim qabul bo‘lyaptimikin? To‘g‘ri ish qildimmi? Oilaviy sharoitimiz yaxshi, meni ota onamdan to‘sadigan xech bir sabab yo‘q. Tiriklik chog‘larida oz bo‘lsada ota onamni ko‘nglini olsam deyman. Maslaxat bering iltimos. Erim ruxsat bermasaxam xar oyda ota uyimga borib kelsam gunox bo‘lmaydimi? Erimni xolatini nima deb tushunay ko‘nglini olishga xarakat qilyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oralaringizdan bundan boshqa narsa bo‘lishi ham mumkin. Eringiz shariatning hukmiga bekordan bekor xilof qilmasa kerak. Lekin bunday haq talab qilaversangiz oilani buzilishiga sabab bo‘lib qolmang. Murosa yo‘liga o‘ting. Eringizni o‘zi rozi bo‘lib olib borib kelishiga ko‘ndiring. Chunki yo‘lni 6 soatlik degansiz. Bu katta ehtimollar bilan safar masofasi bo‘lib, shariatimizda ayollar shar’iy masofaga mahramsiz borishlari joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush