Azroil alayxissalom

Assalomu alaykum! Biz chet elda ta’lim olamiz va ayni damda Azroil alayxissalom xaklarida baxs bo‘lmoqda, baxs va tortishuvdan uzoq jim tursak bazilar atrofdagilarni ongini zaxarlab qo‘yishmoqdamikin deb o‘ylab qolaman. Ilmimiz baxslashishga etmaydi ammo bazi bir manbaalarda keltirilgan xabarlarni ushlab olib Azroil ismli farishta yo‘q, Qur’onda xam xadislarda xam yo‘q bunday farishta, alayxissalom deyish noto‘g‘ri degan gaplar bilan yosh ukalarmizni shubxalanib qolishiga sabab bo‘lishmoqda. Ustozlar Azroil alayxissalom xaqlarida ma’lumotlar bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyat va hadislarda «malakul mavt» - «o‘lim farishtasi» nomi bilan zikr qilingan. Lekin ba’zi asarlarda «Azroil» ismining zikri kelgan. Shuningdek Abu Hayyon Andalusi «an-Nahrul Maad», hofiz Bayhaqiy «al-Ba’su van nushur» va qozi Iyoz «ash-Shifa bita’rifil Mustafa» kitoblarida o‘lim farishtasining ismi «Azroil alayhis salom» ekaniga ijmo’ bo‘lganini rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 192 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar