Nuqsonli molni sotish

Assalomu alaykum! Bir masala qiynavotti. Biz sheriklarimiz bilan 4 yildan beri Xitoydan mol olib kelib tijorat qilamiz. 6 metrlik karnizlar. Xitoydan xar gal olganimizda 6 metrli deb zakaz berib 6 metrliga pul to‘laganmiz. Boshida 6 metr chiqardi. Shundan beri o‘lchamasdan sotaverdik. Klientlar xam birontasi nolimadi. Yaqinda bir sabab bo‘lib o‘lchab ko‘rsak 1-2 sm kam ekan. Endi biz qanday yo‘l tutaylik? Endigi klientlara kam deb sotvomiz. Lekin 4 yil ichida 1000 dan ortiq insonlarga sotganmiz, ularni qanday izlab topamiz bilmayman. Topganimizcha rozilik olsak topaolmaganimizni nima qilaylik? Va eng yomoni qaysi partiya to‘g‘ri kelgan qaysinisi kam kelgan bilolmaymiz? Yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shikoyat qilib kelsa, to‘lab berasizlar. Ungacha kam chiqqanini aniqlanga partiyalarni olganlarni rozi qilinglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar