Internetdagi nikoh

Assalomu alaykum! Agar yigit bir qizga hazillashib seni nikohimga oldim desa qiz rozi bo‘lsa bunga atrofda guvohlar bo‘lsa nikoh bog‘lanib qoladi degan mazmundagi gap eshitdim. Bazi bir internet sahifalarda yigit va qiz bir biriga nikoh taklif qilishi mumkin bunga guvohlar juda ko‘p bo‘ladi. Yigit qizga nikoh taklif qilsa, qiz qabul qilsa, bular nikohdan o‘tgan deb o‘sha yigit va qizning sahifasida ochiq ko‘rsatib turadi. Ikkala tomon ham nikohni tili bilan emas kompyuter mishkasi orqali yoki telefon orqali tasdiqlaydi. Bunday xolatda nikoh bog‘lanib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ijtimoiy tarmoq orqali nikoh bog‘lanmaydi. Nikoh o‘ta muqaddas rishta, uni o‘yin qilishga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar