Maktabdagi elektron kutubxona

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men maktab uchun elektron kutubxona tashkillashtirmoqchi edim. Shunga Hilol nashr elektron kitoblarini sotib olish niyatim bor. Agar bir akkaunt orqali kerakli kitoblarni sotib olsam va maktabdagi kompyuterlarga (nechtaligi nomalum) shu akkaunt orqali kitoblarni yuklasam shu akkaunt faqat maktab uchun bo‘lsa, mualliflik huquqiga xiyonat qilmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hozirgi holatda sahifa va dasturimizdan qilingan xaridlarni bir akkauntdan faqat bir kishi va uning oila a’zolari uchun mo‘ljallangan. Ammo o‘quv yurtlari uchun biz albatta istisno tarzida ruxsat berishimiz mumkin. Bizga [email protected] ga batafsil malumot bersangiz biz imkon qadar yordam beramiz. Balki bir emas bir nechta maxsus akaunt yaratib berishimiz, shuningdek narxlarda chegirmalar ham qilib berishimiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar