Mashina yoki uyga qurbonlik qilish

Assalomu alaykum! Uy yoki mashina sotib olganda qurbonlik, qo‘y so‘yish dinimizda bormi yoki irimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik deb tashriq kunlari so‘yiladigan jonliqqa aytiladi. Undan boshqa narsa qurbonlik deyilmaydi. Uy olsa yoki mashina olsa kimlargadir atab jonliq so‘yish bu dinimizda qaytarilgan ishlardan. Siz yaxshi niyat deb qilishingiz mumkin, lekin shunday bo‘lib-bo‘lib dinimizda bo‘lmagan ishlar urfga aylanmoqda. Etkazganiga shukrona qilmoqchi bo‘lsangiz so‘yib o‘tirmasdan qiymatini sadaqa qilib yuboring. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar