Dori xalol eki xarommi

Assalomu alaykum!Xurmatli ustozlar. Bir masala meni kiynab kelmokda. Uglimga shifokor dori ezib berdi,miya faoliyatini yaxshilash uchun , lekin surishtirsam dori chuchka va mol miyasidan tayerlanar ekan. Men u doridan voz kechdim, boshka analogi bulmasa xam kildirmadim. Endi uyimdagilar menga bolani sogligi uchun bu xarom emas,kildirmaslikka xakking yuk deyishmokda. Umidim sizlarda,aziz ustozlar,shu ishim tugrimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U dorini tserebrolizin deyilsa kerak. Agar ishonchli tabiblar bundan boshqa davo yo‘q desalar, uning joizligida hech shubha yo‘q. Qolaversa, mazkur dori cho‘chqaning miyasidan olingan bo‘lsa ham, ukol qilinishi ishni engillashtiradi. Emoq harom. Zarurat uchun surtish yoki ukol qilish emas. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=19022.0

29 Aprel 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar