Kiyimdagi maniy dog‘i

Assalomu alaykum! Ich kiyimimni uch marta yuvsam ham qurigandan keyin maniyni izi yoki dog‘i qolyapdi. U kiyim pok hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘rinadigan najosat suv va har qanday ketkazuvchi suyuqlik bilan najasning o‘zini ketkazgandan so‘ng pok bo‘ladi. Shundan so‘ng ham, uning ketishi qiyin bo‘lgan asari qolsa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 165 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar