Erkaklar kiyim do‘koni
Assalamu alaykum. Bu savolni bir do‘stim nomidan bermoqdaman: "Meni erkaklar kiyim-kechaklari do‘konim bor. U erda qiz bola ishchim bor, kun bo‘yi bo‘lmasayam ko‘p vaqtim do‘konda o‘tadi. Alxamdulillah namoz o‘qiyman, halol-xaromni ajrataman. Oilaliman, to‘rtta farzandim bor. Men u qizni singlimdek ko‘raman, ba’zida xazillashib kulishib gaplashamiz, lekin o‘rtamizda boshqacha narsa yo‘q. Xozirda meni ikkita savol qiynayapti. 1) Men do‘konimga qiz bola ishchi olib Payg‘ambarimiz sollAllohu alayxi vasallamning "ikkita nomaxram yolg‘iz qolmasin, uchinchilari shayton bo‘ladi" hadislariga zid ish qilayapmanmi, chunki mijoz yo‘q payti ikkimiz yolg‘iz qolamiz? 2) U qiz masalan do‘konga kelgan mijoz erkaklar bilan savdo qiladi, erkaklar ich kiyimini xam sotadi. Men yo‘q paytim yolg‘iz o‘zi erkaklar bilan savdo qiladi, unga gap otishlari xam mumkin. Xullas u qizning nomaxramlar bilan bunaqa savdo qilishi, faqat erkaklar kiradigan do‘konda ishlashi gunox bo‘lsa bu menga xam gunox bo‘ladimi chunki uni bu ishga men buyurganman? Iltimos javobingiz menga juda muxim, telegram kanalingizda kutib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Hadisga zid ish qilyapsiz. Bu holatda ishlashingiz joiz emas. Shariatimizda harom ham, haromga olib boradigan ishlar ham harom qilingan. Nomahram qiz bilan yolg‘iz qolsangiz, o‘sha hadisga tushib qolasiz va harom ishni qilgan bo‘lasiz.2). Asosiy gunoh sizga bo‘ladi. Shuning uchun o‘rniga erkak kishini ishga oling. Faqat erkaklar kiradigan do‘konga qiz bolani ishga olishingiz mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 189 | Halol va harom