Taloqni takidlash

Assalomu alaykum! Turmush qurganimizga 1 yil bo‘lganda tortishuv sababli xo‘jayinim 3 marta takrorlab “qo‘ydim” deb aytdilar. Bir oz vaqt o‘tib imomga bordik. Xo‘jayinimga “nima maqsadda qayta-qayta qo‘ydim dedingiz, ta’kidlash maqsadidami yoki 3 taloq qo‘yish maqsadidami?” deb savol berdilar. Xo‘jayinim ta’kidlash maqsadida deb aytdilar. Domla “ta’kidlash maqsadida 10 marta taloqsan deb aytsayam 1ta taloq tushadi” dedilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eringizni “ta’kid uchun aytdim” degan gapi o‘zi bilan Allohning o‘rtasida. Agar haqiqatan ta’kidlagan bo‘lsa shar’an nikoh bor. Agar nikohni saqlab qolaman deb yolg‘on gapirgan bo‘lsa, o‘zi javob beradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 198 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar