Musulmon bo‘lmagan olimlar

Assalomu alaykum! Men xadislar va iT(ayti) sohasiga qiziqaman. Hozirda musulmon bo‘lmagan olimlardan Stiv Jobs va Aylon Masklarning kitobini o‘qib ularning nasihatini eshitsak bo‘ladimi? Men yaqinda Qur’on kurslari ochilgani haqida eshitdim shu haqida malumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ilm musulmonni yo‘qotgan hazinasidir. Uni kimdan topsa olaveradi. Ularni o‘zlarining sohasidagi foydali maslahatlarini olishingiz va amal qilishingiz mumkin. Ammo aqiydaga zid bo‘lgan gapini aslo o‘ylab ham o‘tirmasdan inkor qiling. Qur’on kurslarini bilish uchun O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining muslim.uz saytiga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar