Qotil tomonidan o‘ldirilgan odam

Assalomu alaykum! G‘arazli niyatli kishilar tomonidan qotillik uyushtirilib o‘lgan odam shahid hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi: ShAHIDهُوَ مُسْلِمٌ طَاهِرٌ بَالِغٌ. قُتِلَ ظُلْمًا وَلَمْ يَجِبْ بِهِ مَالٌ، وَلَمْ يَرْتَثَّ، فَيُنْزَعُ عَنْهُ غَيْرُ ثَوْبِهِ، وَيُزَادُ وَيُنْقَصُ لِيَتِمَّ كَفَنُهُ، وَلَا يُغَسَّلُ وَيُصَلَّى عَلَيْهِ، وَيُدْفَنُ بِدَمِهِ
وَغُسِّلَ مَنْ وُجِدَ قَتِيلًا فِي مِصْرٍ لَا يُعْلَمُ قَاتِلُهُ، أَوْ جُرِحَ وَارْتَثَّ، بِأَنْ نَامَ، أَوْ أَكَلَ، أَوْ شَرِبَ، أَوْ عُولِجَ، أَوْ آوَاهُ خَيْمَةً، أَوْ نُقِلَ مِنَ الْمَعْرَكَةِ حَيًّا، أَوْ بَقِيَ عَاقِلًا وَقْتَ صَلَاةٍ كَاِملٍ، أَوْ أَوْصَى بِشَيْءٍ، وَصُلِّيَ عَلَيْهِ.
وَإِنْ قُتِلَ لِسِعَايَةٍ، أَوْ بَغْيٍ، أَوْ قَطْعِ طَرِيقٍ، غُسِّلَ وَلَا يُصَلَّى عَلَيْهِ
 Musulmon, tohir (pok), balog‘atga etgan, zulm ila qatl qilingan, o‘sha qatl ila mol vojib bo‘lmagan va tiriklik hukmlari unga sobit bo‘lmagan odam shahiddir.
Bas, undan kiyimidan boshqa narsa echiladi. Kafani batamom bo‘lishi uchun kiyimi ziyoda yoki noqis qilinadi. Uni yuvilmaydi va janoza namozi o‘qiladi. Uni qoni bilan dafn qilinadi.
Kimni misrda o‘ldirilgan holda topilsa va uning qotili bilinmasa yoki birov jarohatlanganidan keyin hayotdan bahramand bo‘lsa: uxlasa, taom esa, ichsa, davolansa, chodirning ichiga olinsa, ma’raka maydonidan tirik holda olib chiqilsa, es-hushi joyida bo‘lgan holda to‘liq bir namoz vaqticha qolsa yoki vasiyat qilsa, ular yuviladi va namoz o‘qiladi.
Fasod ishlar, bog‘iylik va yo‘lto‘sarlik qilganining jazosi uchun qatl qilinganlar yuviladi, ammo janoza o‘qilmaydi.
«Shahid» so‘zi «shohid bo‘lingan» degan ma’noni bildiradi. Ya’ni o‘limiga shohid bo‘lingan, degani. Shahidning o‘limiga farishtalarning juda ham katta jamoasi hozir bo‘lib, guvoh bo‘lganidan, uni shahid deyiladi.
Shuningdek, shahidning ma’nolaridan yana biri shuki, uning jannatga kirishiga shohidlik berilgandir.
Shahidlar ikkiga bo‘linadi:
Haqiqiy va hukmiy shahidlar.
Quyida haqiqiy shahid kimligi ta’riflanadi.
Musulmon, tohir (pok), balog‘atga etgan, zulm ila qatl qilingan, o‘sha qatl ila mol vojib bo‘lmagan va tiriklik hukmlari unga sobit bo‘lmagan odam shahiddir.
Demak, haqiqiy shahid quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi lozim:
1. Musulmon.
G‘ayrimusulmon odam shahid bo‘lishi mumkin emas.
2. Tohir (pok).
Hayzli, nifosli va junub bo‘lsa, yuviladi.
3. Balog‘atga etgan.
Kichik bolalar ham yuviladi.
4. Zulm ila qatl qilingan.
Qotil esa urush holatidagi kofir, bog‘iy, yo‘lto‘sarlar bo‘ladi. Ular musulmonni bevosita qatl qilsalar ham yoki ulovini cho‘chitib yuborganlari sababli yiqilib o‘lsa ham, kemasini kuydirib yuborgani sababli kuyib o‘lsa ham, xullas, musulmonning o‘limiga sabab bo‘lsalar, qatl qilingan shaxs shahid bo‘ladi.
5. O‘sha qatl ila mol vojib bo‘lmagan.
Bunga xato tariqasida birovni o‘ldirgan odamga xun to‘lash vojib bo‘lishi misol bo‘ladi.
6. Tiriklik hukmlari unga sobit bo‘lmagan.
Ya’ni jarohat etganidan keyin darhol o‘lgan bo‘lishi kerak.
Bas, undan kiyimidan boshqa narsa echiladi.
Mazkur shahidni dafn qilishga tayyorlash jarayonida uning po‘stin, do‘ppi, maxsi va qurol kabi asl kiyim bo‘lmagan narsalari echib olinadi.
Kafani batamom bo‘lishi uchun kiyimi ziyoda yoki noqis qilinadi.
Muhimi, uning shahidlik alomatlari boqiy qolishi lozim.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: أَمَرَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِقَتْلَى أُحُدٍ أَنْ يُنْزَعَ عَنْهُمْ الْحَدِيدُ وَالْجُلُودُ وَأَنْ يُدْفَنُوا بِدِمَائِهِمْ وَثِيَابِهِمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ  Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhudda qatl bo‘lganlardan temir va teri echib olinib, qonlari va kiyimlari ila dafn qilinishlariga amr qildilar».
Imom Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Uni yuvilmaydi va janoza namozi o‘qiladi. Uni qoni bilan dafn qilinadi. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَجْمَعُ بَيْنَ الرَّجُلَيْنِ مِنْ قَتْلَى أُحُدٍ فِي ثَوْبٍ وَاحِدٍ، ثُمَّ يَقُولُ: «أَيُّهُمْ أَكْثَرُ أَخْذًا لِلْقُرْآنِ»، فَإِذَا أُشِيرَ لَهُ إِلَى أَحَدِهِمَا قَدَّمَهُ فِي اللَّحْدِ، وَقَالَ: «أَنَا شَهِيدٌ عَلَى هَؤُلَاءِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»، وَأَمَرَ بِدَفْنِهِمْ فِي دِمَائِهِمْ، وَلَمْ يُغَسَّلُوا، وَلَمْ يُصَلَّ عَلَيْهِمْ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Uhudda qatl bo‘lganlardan ikki kishini bir kiyimga jamlar edilar. So‘ngra:
«Ikkovlaridan qaysi biri Qur’onni ko‘p biladi?» der edilar. Ulardan biriga ishora qilinsa, o‘shani lahadga oldin qo‘yar edilar. Ul zot:
«Bularga qiyomat kuni men guvohman», dedilar. Ularni qonlari bilan dafn qilishga amr qildilar. Yuvilmadilar ham, ularga namoz ham o‘qilmadi».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.
Abu Hanifa rahmatullohi alayhi esa: «Shahidga namoz o‘qiladi, chunki boshqa hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Uhud shahidlariga namoz o‘qiganlari ham rivoyat qilingan», deydilar. عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صَلَّى رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى قَتْلَى أُحُدٍ بَعْدَ ثَمَانِي سِنِينَ كَالْمُوَدِّعِ لِلْأَحْيَاءِ وَالْأَمْوَاتِ، ثُمَّ طَلَعَ الْمِنْبَرَ فَقَالَ: «إِنِّي بَيْنَ أَيْدِيكُمْ فَرَطٌ، وَأَنَا عَلَيْكُمْ شَهِيدٌ، وَإِنَّ مَوْعِدَكُمْ الْحَوْضُ، وَإِنِّي لَأَنْظُرُ إِلَيْهِ مِنْ مَقَامِي هَذَا، وَإِنِّي لَسْتُ أَخْشَى عَلَيْكُمْ أَنْ تُشْرِكُوا، وَلَكِنِّي أَخْشَى عَلَيْكُمُ الدُّنْيَا أَنْ تَنَافَسُوهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ  Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhudda qatl bo‘lganlarga sakkiz yildan so‘ng namoz o‘qidilar. Xuddi tiriklar va o‘liklar bilan vidolashgandek bo‘ldilar. So‘ngra minbarga chiqdilar va:
«Albatta, men sizlarning oldingizdagi faratingizman. Men sizning ustingizdagi guvohingizman.
Albatta, sizga va’da qilingan joy havzdir.
Albatta, men unga mana shu maqomimdan nazar solib turibman.
Albatta, men sizlarning mushrik bo‘lishingizdan qo‘rqmayman.
Lekin men sizlarning dunyoga berilishingizdan va uni talashishingizdan qo‘rqaman», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan. رَوَى الْحَاكِمُ وَالْبَيْهَقِيُّ عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: أَمَرَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِحَمْزَةَ يَوْمَ أُحُدٍ فَهُيِّءَ لِلْقِبْلَةِ ثُمَّ كَبَّرَ سَبْعًا، ثُمَّ جُمِعَ إِلَيْهِ الشُّهَدَاءُ حَتَّى صَلَّى عَلَيْهِ سَبْعِينَ صَلَاةً Hokim va Bayhaqiy Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhud kuni Hamza haqida amr qildilar. Uni qibla tomonga qo‘yildi. Ul zot etti takbir aytdilar. Keyin unga shahidlar jamlandi. Hattoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga etmishta namoz o‘qidilar».

Kimni misrda o‘ldirilgan holda topilsa va uning qotili bilinmasa, yuviladi.
Chunki bu holatda o‘likning egalariga xun to‘lanadi.
Yoki birov jarohatlanganidan keyin hayotdan bahramand bo‘lsa: uxlasa, taom esa, ichsa, davolansa, chodirning ichiga olinsa, ma’raka maydonidan tirik holda olib chiqilsa, es-hushi joyida bo‘lgan holda to‘liq bir namoz vaqticha qolsa yoki vasiyat qilsa, ularni yuviladi va namoz o‘qiladi.
Sa’d ibn Mu’oz roziyallohu anhuga Xandaq urushida kamon o‘qi tegib jarohatlanganida va keyin masjidda vafot etganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini yuvib, janoza o‘qiganlar.
Mazkur holatda o‘lganlarga shahidning savobi bo‘ladi.
Fasod ishlar, bog‘iylik va yo‘lto‘sarlik qilganining jazosi uchun qatl qilinganlar yuviladi, ammo janoza o‘qilmaydi.
Hazrati Ali roziyallohu anhuning Nahravon ahliga janoza o‘qimaganlari bunga dalildir. Ular jinoyatchi bo‘lganlari uchun shu tarzda xorlanadi va boshqalar ibrat olishlari yo‘lga qo‘yiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar