Payg‘ambarlar haqida

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, boshqa payg‘ambarlamizga ham salallohu alayhi va salam deyishlik joizmi? Misol uchun Iso salallohu alayhi va salam deyishlik joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Desa bo‘ladi. Bunga mone’lik yo‘q. Chunki shu salavotni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ahli baytlari va sahobalariga ham deymiz. Ahli bayt va sahobalarga aytish joiz bo‘lganidan keyin anbiyolarga joiz bo‘lish avlo bo‘ladi. Lekin odatda shu ma’nodagi boshqa iboralar ishlatilib: “alayhissalom” deyiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar