Farz bo‘lgan namoz to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Bir og‘aynim bilan tortishib qoldim o‘zini ishlab chiqarish korxonasi bor. Qo‘lida 50 dan ortiq odam ishledi uni aytishi bo‘yicha xatto o‘z ishchilariga u ruxsat bermasa zikr-salovatlar aytish xam xarom ekan. Masalan 10 soatlik ish bo‘lsa undan 9 soatini ishlab 1 soatini namozga sarf qilsa xam olgan puli xarom emish. Gapirib tushintira olmadim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Og‘ayningiz masalani noto‘g‘ri tushunibdi. Zikr, salovot deganda ishni qo‘yib o‘sha bilan mashg‘ul bo‘lish nazarda tutilgan. Bu hammasi nafl ibodatlar bo‘ladi. Ularni ishning hisobidan qilish durust emas. Ishga zarar bermasa, zikr va salovotlarni ruxsat so‘ramay ham aytsa bo‘laveradi. Farz namozlarni esa o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Allohning farzida bandasidan ruxsat so‘ralmaydi. Namozga hech qanday holatda uzr yo‘q. Ish vaqtida namoz o‘qilsa, juda borsa 10-15 minutda bo‘ladi. Agar o‘sha 10-15 minutga rahbari norozi bo‘lsa, o‘shancha vaqt ortiqcha ishlab bersin. Lekin rahbar ham namoz o‘qishga qarshilik qilishga haqqi yo‘q. Agar man qilsa, katta gunoh qilgan bo‘ladi. Odamlar hojatxonaga yoki chekish uchun ham so‘ramasdan chiqib yarim soatlab vaqtini ketkazishadi. Hojat chiqarganlarga indamasdan namozga osiladiganlar, farz bo‘lgan namoz ular uchun hojat chiqarishchalik ham qadri yo‘q odamlar bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 190 | Namoz