Tashkilot rahbari yoki hisobchisi ham o‘rtada foyda qilsa
Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki masalan men elektron savdoda (birjada) ma’lum bir tovarni etkazib berish uchun shartnoma tuzdim (bu davlad puli un), va qabul qiluvchi tashkilot rahbari yoki hisobchisi tovarni qaerdan arzon olish kerakligini bilsa men pulini to‘lasam (tashkilot rahbari yoki hisobchisi) o‘rtada u ham foyda qilsa bu bizga halol bo‘ladimi? Agar u (tashkilot rahbari yoki hisobchisi) qilgan foydasini menga aytmay yashirsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tashkilot rahbari yoki hisobchisi o‘zining bevosita vazifasi bo‘lgan va shu uchun maosh oladigan bo‘lsa, o‘rtada foyda qilishi halol bo‘lmaydi. Siz ham unga bu masalada yordamchi bo‘lmang. Sizga aytmay yashirsa, siz mas’ul emassiz. Odatda bunday ishlar sizga o‘xshagan etkazib beruvchi tashkilotlar ishtirokisiz amalga oshmaydi. Shuning uchun tijoratingizni halol bo‘lishiga astoyidil harakat qiling. Shubhadan yiroq bo‘ling. Yana bir mulohaza, "davlatning puli" debsiz. Bizda davlatni puli desa egai yo‘q pulga qilingan muomala bo‘ladi. Aslida bu xalqning puli. Alloh asrasin bir kishining haqini bilib, bilmay o‘zlashtirish bilan ommaning haqini o‘zlashtirida farq bor. "Davlatning puli"ning ichida etim-esir, beva-bechora va shular kabilarning haqqlari ham bor. Buni esdan chiqarmaslik kerak. Doim o‘zgalarning haqqidan qo‘rqish kerak. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:22 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat