Namozga kech kelish

Assalomu alaykum! Ustozlar masalan shom namozini ikkinchi rak’atiga kelgan inson jamoat namozni tugatgach, o‘zi Allohu akbar deb turadi. Shunda u birinchi rak’atga kech kelgani uchun “Fotiha” surasiga zam sura qo‘shib o‘qiydimi? Shu namozni jahriy o‘qiydimi yoki maxfiy?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Fotiha” surasiga zam sura qo‘shib, maxfiy o‘qiydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:11 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar