Tahoratda misvak ishlatish hukmi

Assalomu alaykum! Tahoratda misvak ishlatish qanday ammal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnat amal.
Misvok qilmoq.
Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni doimo qilganlar va boshqalarni ham misvok qilishga targ‘ib etganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَوْلَا أَنْ أَشُقَّ عَلَى أُمَّتِي لَأَمَرْتُهُمْ بِالسِّوَاكِ مَعَ كُلِّ وُضُوءٍ  رَوَاهُ مَالِكٌ وَالْبُخَارِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmasin, demaganimda, ularni har tahoratda misvok qilishga amr etar edim», dedilar».
Imom Molik va Buxoriy rivoyat qilishgan.
Bizda «misvok qilish» deb ishlatiladigan istiloh tishni ishqalab yuvish ma’nosidadir. O‘sha vaqtlarda ma’lum bir butalarning, aniqrog‘i esa arok nomli butaning uchi yumshatilgan novdalari bilan tish tozalangan.
Bu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga mashaqqat bo‘lishini mulohaza qilganlari uchungina har tahoratda misvok qilishga amr etmaganlarini ta’kidlashlaridan bu ishga qanchalik ahamiyat berilganini bilib olsak bo‘ladi. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 194 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar