Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi haq huquq

Assalomu alaykum! Men bir tijorat firmasining sotib olish bo‘limida ishlayman. Bir eski tanishim (asli chet ellik) chet eldan maxsulot olib kelib berishi mumkinligini aytdi va men undan maxsulot zakaz qildim (o‘zim uchun) va olib kelib sottim. Birinchi hamkorligimiz muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bu ishdan so‘ng, men ishlab turgan korxona raxbari ayni maxsulot uchun talab borligini aytdi. Men tanishimga bu haqida bildirdim va u katta miqdorda maxsulot etkazib bera olishini aytdi. Bu haqida korxona rahbariga aytdim, lekin bu tanishim uchun garant bo‘la olishim haqida so‘radi va men bunga rozi bo‘ldim. Shartnoma bo‘yicha to‘lov qilinganidan so‘ng tanishim turli baxonalar bilan maxsulot etkazib berish vaqtini surishni boshladi va ma’lum bir vaqtdan so‘ng umuman aloqaga chiqmay qo‘ydi. Men o‘zimni noqulay his qildim, chunki korxona raxbari oldida tanishim bilan til biriktirib pullarni olganday xolatda edim. Bu noqulay xolatdan chiqish uchun korxona raxbariga oyligimdan kesib borishni taklif qildim va shu paytgacha (2 yildan buyon) har oy oyligimni yarmiga yaqini kesib boriladi. Savolim. Shar’iy qoidalarga ko‘ra etkazilgan zararni mendan 100% qoplanishi qanchalik to‘g‘ri? Agar tanishim maxsulotni etkazib berganida men foydaga sherik bo‘lmasligim aniq edi. Agar foydaga sherik bo‘lmasam nega zararga sherik bo‘lishim kerak (sherikmas 100% qoplashim)? Meni bu ishda hech qanday aybim yo‘qligini 100% isbotlab bera olaman. Holat bo‘yicha savol (lar) bo‘lsa, javob berishga tayyorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kafil bo‘lgan bo‘lsangiz to‘lab berasiz. Kafillik uchun xizmat haqi olinmaydi, lekin zarar etkazilsa kafil zomin bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar