Ikki joyda uyi bor odam safar namozi o‘qiydimi

Assalomu alaykum! Men Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilib o‘sganman. Hozirda Toshkentda ishlab, Yangiyo‘l tumanida doimiy istiqomat qilaman, ya’ni uy-joyim bor bo‘lib, oilam (farzandlarim) bilan birgalikda Yangiyo‘lda yashayman. 1-savol: Men Samarqand viloyatiga xizmat safariga borsam yoki Bulung‘ur tumaniga ota-onamni uyiga (yoshligimda o‘sib-ulg‘aygan xonadon) yoxud ukamni uyiga (ota-onamni uyidan boshqa joyga ko‘chib chiqishgan, ota-onamni uyidan 1.5 km uzoqda) namozni qasr o‘qiymanmi? Men ota-onam turadigan uyga borsam to‘liq o‘qiyman. Lekin Samarqandning boshqa joylarida, namozlarni qasr qilib o‘qiyman (ota-onam turadigan uydan uzoq bo‘lmasa ham. Masalan Samarqand shahri 35 km, Jomboy tumani 20km). To‘g‘ri qilyapmanmi? Ko‘pincha boshqa viloyatlarga borishga to‘g‘ri keladi. Bulung‘ur tumanidan o‘taman. Ushbu tuman markazida ko‘cha yuzida masjid bor (ota-onamni uyidan 2-3 km uzoqda). O‘sha masjiddagi namozim qasr bo‘ladimi yoki to‘liq. 2-savol. Allohga shukrki, ibodatdaman. Namozni boshlaganimdan buyon (taxminan 30 yoshimdan) namozlarni qoldirmasdan o‘qib kelmoqdaman. Agar men namozni oxirgi 4 vaqtlik qazo qilsam, birinchi bo‘lib vaqti kirgan namozni o‘qiymanmi yoki oxirgi 4 vaqtlik qazo namozimni o‘qib olamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ota-onangizni uyida sizni bir xona bo‘lsa ham haqqingiz bo‘lsa o‘sha erda ham yangiyo‘lda ham muqim bo‘lib, oradagi yo‘lda musofir bo‘lasiz. Agar ota-onangiz uyida umuman Bulung‘urda birorta ham uyingiz bo‘lmasa, Bulung‘urda musofir bo‘lasiz yangiyo‘lda muqim bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/582

12 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar