Balg‘am tahoratni buzadimi va namozni erta o‘qish

Assalomu alaykum! Taxorot olayotganimda og‘zimni chayib bo‘lib burnimni yuvganimda og‘iz qismimdan ba’zan balg‘am keladi. Shu payitda taxorotim buziladimi? 2. Mening bir tanishim bazi nomozlarni vaqti kirmasdan 20-30 minut oldin o‘qib oladi. Bu noto‘g‘ri desam ham ey xechnima qilmaydi deb o‘qiyveradi. Shu holatda men nima desam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Balg‘am bilan tahorat buzilmaydi.
2). Vaqti kirmasidan o‘qilgan namozni vaqti kirganidan keyin qaytadan o‘qish farz bo‘ladi.   فَأَقِيمُواْ الصَّلاَةَ إِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَّوْقُوتًا۝ «Namozni to‘kis ado etinglar. Albatta, namoz mo‘minlarga vaqti tayin farz bo‘lgandir», degan («Niso» surasi, 103-oyat).
Bu oyati karima namozning farzligi haqidagi oyatlarning biri bo‘lib, undagi namozni to‘kis ado etish haqidagi buyruq farzni ifoda etadi. Namozning vaqti tayin qilinib, farz etilganligi esa uni o‘z vaqtida ado etish lozimligini anglatadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 213 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar