Qismatim kelajagi…

Men yosh bo‘lib baxtimdan kuydim. Ba’zi nokas insonlarning hiyla-nayrangi ota-onamni rozi qilib, 15 yoshimda o‘zimdan 19 yosh katta xotin qo‘ygan erkakka turmushga chikdim. Biz qattiq aldandik! Bu to‘y mudhish bir xato bo‘ldi! Kuyov nomard inson bo‘lib chiqdi va ota-onam meni to‘ydan 1oy o‘tgach qaytarib keldilar. Men qattiq alamda qoldim. Oradan 2 yil o‘tib bir uylanmagan, o‘zimdan 4 yosh katta bo‘lgan yigit meni sevib qoldi. Uni muhabbati meni yaramga malham bo‘ldi. Shu-shu u bilan 6 yildirki birgamiz. Ota-onasi qarshi bo‘lishini bilib, men uni har xil yo‘llar bilan o‘zimdan sovutmoqchi bo‘ldim. Lekin foydasi bo‘lmadi. U menga uylanish niyatida ekanini aytib va’da berdi. Men ishonmagandim u ko‘p qasam ichib meni ishontirdi. Chunki biz bir-birimizga jon-jigardek bo‘lib qolgan edik. Yaqinda u yigit otasidan ayrilib qolganligidan hozir iztirob va arosatda. Meni ham yuragim azobda. Allohdan baxt so‘rab iltijodaman. Ustoz endi bu yigitga qanday yo‘l ko‘rsatish kerak bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sabr qilib, barcha ishni shariat asosida olib borish maslahat beriladi.

26 May 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar