Menga halolmi
Assalomu alaykum! Yaxshilab tushuntirish umidida to‘liqroq yozayabman. Men davlat ishxonasida bosh mutaxassis bolib ishlar edim. Anchadan beri boshqa ish joyiga otish harakatida yurardim. Shu orada 2022-yil boshida ishxonamizda ish o‘rinlari qisqartirildi degan ma’lumot keldi. Men haliyam eski ish joyimda ishlab yurgan vaqtimda, menga bir tanishim 5-yanvar kuni ish topib berdi. Men ikki hafta muddat kuchga ega ariza yozib ishxonadan bo‘shab ketdim. Men yangi sh joyiga bordim va rahbar bilan kelishib oldik, ya’ni men hali yangi o‘tgan joyimdagi ishlarni deyarli tushunmayan. Shu uchun menga 1.500 000 so‘m ish haqi qilib berishga, oradan vaqt o‘tib ishlarni o‘rganib ketsam holatimga qarab ko‘paytirib berishga kelishdik. Oradan 13-14 kun o‘tgandan keyin eski ishxonamdagi kadr bilan gaplashdim. U menga ishxonada qisqartirish bolgan vaqtda davlat tomonidan ikki oylik kompensatsiya puli beriladi, toki boshqa ish topgunicha dedi va arizangizni o‘zgartirib bersangiz pul ajratib beradi dedi, ya’ni ikki oylik ish haqimni menga davlat berar ekan oldindan. Men ish topganman, lekin oyligim kam, hali ish o‘rganishim kerak. Meni o‘ylantirayotgan masala shu ikki oylik olgan pulim men uchun halolmi. Lekin kadrdan so‘rasam qonunan to‘g‘ri bo‘ladi dedi. Shu masalada maslahatingiz kerak bo‘lib qoldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning vaziyatingiz davlat tomonidan beriladigan o‘sha to‘lov shartlariga mos bo‘lmasa yoki yolg‘on ishlatayotgan bo‘lsangiz joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 146 | Administrator
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning vaziyatingiz davlat tomonidan beriladigan o‘sha to‘lov shartlariga mos bo‘lmasa yoki yolg‘on ishlatayotgan bo‘lsangiz joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 146 | Administrator