Ayollar rukuda tizzalarining holati

Assalomu alaykum! Namozni o‘rganayotganimda rukuda oyoq bukilmaydi deb o‘rgatishgan edi. Lekin yaqinda qarindoshimiz bilan birga jamoat namozini o‘qidik. Shunda ularni tizzalarini bukkanlarini sezdim. Namoz tugagach ular menga tizza bukiladi deyishdi man yoshlarini hurmat qilib hop deb qo‘ydimu, lekin namozda tizzalarimni bukmayman. Va ular ichlarida o‘qishgani uchun o‘zingiz eshita oladigan darajada o‘qish kerak ekan desam bu notog‘ri ayollar ichlarida o‘qiydilar deyishdi. Shu vaziyat bo‘yicha tushuncha bersangiz iltimos balki hali yoshligim tufayli ko‘p narsalarni bilmasman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U ayolning birinchi gapi to‘g‘ri. Ayollar ruku’da turganida tizzani bukib qo‘llarini tizza ustiga qo‘yib turishadi. Qiroatni o‘zi eshitadigan darajada qilmaslik qiroat hisoblanmay bu bilan farz ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 214 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar