Qo‘shnining haqqi
Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, otam ibodatdalar, ammo qo‘shni haqqi masalasida unchalik xam din nuqtai nazarida ish qilmaydilar. Qo‘shnilar nimadur so‘rashsa uyda bor bo‘laturib berdirmaydilar, onamlar adamladan berkitib berib turadila, lekin buni adam sezib qosalar man sandan noroziman kimga nima bersenam manda ruxsat so‘rab berasan deydilar. Lekin bir maruzada eshitishimcha qo‘shni nima so‘rasayam berish kerakligi, uyda bor bo‘la turib berilmasa ham gunohligi ham jannatga kiritilmasligi etilgan edi. Shu savolimga qo‘ni-qo‘shnilik odoblari haqida so‘rar edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz imkon qilib qo‘shni so‘raydigan narsalardan tayyorlab turing. Ota-bobolarimiz qo‘shnilar so‘rashi mumkin bo‘lgan narsalarni ikkitadan qilib qo‘yishgan. Qachon ehtiyojlari tushsa qo‘shnilarga beradiganlari tayyor turgan. Qo‘shnilardan man qilish og‘ir gunoh. Alloh taolo “Maa’uun” surasida marhamat qiladi. فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…
5. Ular namozlarini unutuvchilardir. الَّذِينَ هُمْ يُرَاؤُونَ 6. Ular riyo qiladiganlardir.
Namoz o‘qisa-yu, namozning haqiqatini unutsa, yomonlik, ig‘vo, bo‘hton, yolg‘onchilik, buzg‘unchilik va boshqa razolatlardan qaytmasa, unday kishi riyokor, munofiq bo‘ladi. Odamlarning ko‘zini bo‘yash, ular huzurida obro‘ topish, o‘zini dindor qilib ko‘rsatish uchun namoz o‘qigan bo‘ladi. وَيَمْنَعُونَ الْمَاعُونَ 7. Va maa’uunni man qiladiganlardir.
«Maa’uun»ni ba’zi tafsirchilar zakot, deydilar, boshqalari esa xo‘jalikda kerak bo‘lib turadigan asbob-anjomlar, deydilar.
Islom satxiy, zohiriy narsalar dini emas. Balki ixlos va amal dinidir. Ibodatlar ixlos bilan bo‘lmasa, egasini yaxshi axloq va omillarga boshlamasa, haqiqiy bo‘lmaydi. Inson tili bilan «Musulmonman», deyishi, Islomiy amallarning ba’zilarini ado etishi, masalan, namoz o‘qishi ham mumkin, lekin haqiqiy musulmon bo‘lsa, iymon alomatlari uning yurish-turishida, muomalasida, gap-so‘zida, ishida, odob-axloqida – hamma-hammasida ko‘rinib turadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 21:48 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush