Ayoli eridan pul qarzdor bo‘lishi
Assalomu alaykum! Men turmushga chiqqanman, 5 nafar farzandimiz bor. Turmush o‘rtog‘im musulmon bulsa ham nomoz o‘qimaydi. Har kuni ichadi. Meni ro‘mol o‘rashimga ham qarshi edi. O‘rtada men bir firibgarga aldanib qoldim. O‘zimni pullarim va mulkimdan tashqari erimni mulkini ham bergandim. Aldab ketdi. Endi erim sen mendan pul qarzdorsan, o‘lsang qabring ustida aytaman qarzi bor mendan deb, uzmasang sendan rozi emasman deydi. Meni qo‘rqqanim, qarzdor odam jannatga kiritilmaydi. Agar erim meni kechirmasa va qarzidan kechmasa, mendan rozi bo‘lmasa men do‘zaxiy bo‘lamanmi? Juda qattiq havotirdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringizni shaxsiy pullarini o‘zboshimchalik qilib ishlatishingiz joiz emas. Qarzingizni berishingiz yoki u kishini rozi qilishingi kerak. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush