Abu Mansur rohimaxulloh

Assalomu alaykum! Bir inson menga “kim InshaAlloh mo‘minman desa kofir bo‘ladi deyishadi Moturudiylar” dedi. Shuni aniqlashtirib olmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Muhit” da aytilganki: “Bir kishi hech qanday ta’vilsiz “Men insha Alloh mo‘minman” desa kofir bo‘ladi. Chunki u iymoni borasida o‘zining nazdida  taraddudga tushgan. O‘sha gapni “Allohning huzurida mening iymonim sobit bo‘lishiga uning xohishi bog‘langan bo‘lsa mo‘minman” degan ma’noda aytgan bo‘lsa kofir bo‘lmaydi”. (Sharhu fiqhil akbar. Mulla Aliy Qoriy). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar