Kartochkadagi bonus

Assalomu alaykum! Men Qozog‘istondanman. Bizda bank plastik kartochkasini ishlatganimiz uchun bank plastik kartochkaga 1% bonus beradi xar bir ishlatilgan pul miqdoriga. Shu berilgan 1% bonus riboligini bilaman. Savolim shuki shu berilgan 1% bonusni savob umid qilmay boshqalarga sadaqa qilib yuborib shu tartibda plastik kartochkadan foydalanib yursak joizmi? Qilayotgan ishlaringizga Alloh rivoj bersin. Iltimos javobni telegrammdagi kanalda xam joylashtirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Savob umid qilmasdan sadaqa qilib yuboring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar